Argentina prezidentining islohotlariga qarshi namoyishlar to‘qnashuvlarga aylanib ketdi
Buenos-Ayres politsiyasi qonunchilikka o‘zgartirishlar muhokama qilingan Milliy Kongress binosi yaqinida Argentina prezidenti Xavyer Miley islohotlariga qarshi namoyishni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalandi.
Islohotlar millionlab argentinaliklarga zarar yetkazishini aytgan namoyishchilar politsiyaga “molotov kokteyli” va toshlar uloqtirib, ikki mashinani yoqib yuborgan. Bir necha namoyishchi yaralangan.
Argentina Xavfsizlik vazirligining AFP nashriga ma’lum qilishicha, kamida to‘qqiz nafar politsiyachi ham yaralangan. 10 kishi hibsga olingan.
Ulashish:
Sharhlar