Armaniston KXShTning barcha organlaridagi ishtirokini muzlatib qo‘ydi
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan hozircha KXShTning barcha organlaridagi ishtirokini muzlatish yetarli yechim ekanligini aytdi va “keyingi daqiqada boshqa qaror qabul qilish zarurligini” ham inkor etmadi. Shuningdek, u Armanistonning KXShTdan to‘liq chiqishi mumkin bo‘lgan sanani aytmadi.
Iyun oyida Qo’shma Shtatlar va Armaniston strategik hamkorlikni e’lon qildi, shundan so’ng Vashington Yerevani harbiy sohadagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi.
Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga rasman olti davlat kiradi: Armaniston, Belarus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Rossiya.
Ulashish:
Sharhlar