Armaniston KXShTning “Buzilmas birodarlik – 2024” mashqlarida qatnashishdan bosh tortdi
Qozog‘istonda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining yangi mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. “Buzilmas birodarlik-2024” manyovrlarida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning tinchlikparvar kontingentlari ishtirok etmoqda.
Armaniston bu mashqlarda qatnashishdan bosh tortdi. Bosh vazir Nikol Pashinyan avvalroq KXShT uning mamlakati xavfsizligiga tahdid solayotganini aytib, Yerevan KXShTdan uzoqlashayotgani va tez orada qaytib kelmaydigan nuqtadan o‘tishini ta’kidlagan edi.
Mashg‘ulotlarda 2000 nafar harbiy xizmatchi, 500 birlik zirhli va avtomobil texnikasi, Mi-17, Mi-35 vertolyotlari, Il-76 va Si-295 samolyotlari, shuningdek, dronlar ishtirok etmoqda.
Ulashish:
Sharhlar