Armaniston va Ozarbayjon shimoliy chegaradan o‘z qo‘shinlarini olib ketishga qaror qildi
Armanistonlik chegarachilar 24-may kuni Tovush viloyatida Ozarbayjon bilan chegarani qo‘riqlashga kirishadi, ular bu pozitsiyada harbiylar o‘rnini egallaydi. Bu haqda Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati xabar berdi. Chegara uchastkasi uzunligi 7 kilometrga teng.
Chegara qo‘shinlari Tovush viloyatidagi Berkaber, Voskepar va Baganis qishloqlari yaqinidagi chegaralarni qo‘riqlashni o‘z zimmasiga oladi. Kirans qishlog‘i yonidagi davlat chegarasini qo‘riqlash 24-iyulga qadar “o‘tish sxemasi bo‘yicha” boradi. Xuddi shu sxema bo‘yicha 24-maydan Ozarbayjon chegarasining qarama-qarshi uchastkalarini qo‘riqlash ozarbayjonlik chegarachilar bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Armaniston va Ozarbayjonning chegaralarni delimitatsiya qilish masalalari bo‘yicha komissiyalari 9-aprel kuni bir nechta uchastkalarda chegaralar delimitatsiyasini kelishib olgan edi. Armanistonning Tovush viloyatida aholi delimitatsiya natijalaridan nozori bo‘lib namoyish uyushtirgan edi. Fuqarolar hududlar Ozarbayjonga berilganiga qarshi chiqqan.
Sharhlar