Putin asirlikdagi ukrainalik va rossiyalik askarlar sonini oshkor qildi
Vladimir Putin xalqaro axborot agentliklari jurnalistlari bilan uchrashuvda ma’lum qilishicha, Ukrainada 1348 nafar rossiyalik harbiy asirlikda bo‘lib turibdi, Rossiyadagi Ukraina qurolli kuchlarining asir askarlari soni esa qariyb besh marta ko‘proq — 6465 kishini tashkil qiladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Shu tariqa Rossiya prezidenti AFP’ning fransiyalik jurnalisti Karim Talbaning Rossiya nima sababdan o‘z talafotlarini oshkor qilmasligi haqidagi savoliga javob berdi.
“Halok bo‘lganlar soni haqida odatda umuman hech kim hech qachon gapirmaydi. Gapirsa ham, haqiqiy raqamlarni o‘zgartiradi. Bizning talafotlarimiz, ayniqsa o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydiganlari Ukrainanikiga nisbatan bir necha marta kamroq. Asirlikda saqlanayotganlarning aniq sonini aytishim mumkin. Bizning askarlarimizdan 1348 kishi asirlikda. Bizdagi ukrain askarlari esa 6465 kishi. O‘rnini qoplab bo‘lmaydigan talafotlar haqida gapirsak, unda ham nisbat taxminan shunday — 1 ga 5”, — dedi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, UQK bir oyda 50 ming nafargacha harbiysini yo‘qotmoqda (halok bo‘lganalr va yaralanganlar). Shuningdek, u Ukrainadagi safarbarlik muammolarni hal qilmasligini, faqat “talafotlarni xaspo‘shlashi”ni aytdi.
Sharhlar