Astanada Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari yakunlandi: О‘zbekiston medallar hisobida to‘rtinchi o‘rinni egalladi
Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tgan beshinchi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Besh kun davomida turli mamlakatlardan kelgan sportchilar sportning 21 turi bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi va ko‘chmanchilar madaniyati mahorati va ruhini namoyish etdi.
Sovrin jamg‘armasining umumiy miqdori 253 million tengeni tashkil etdi. Qozog‘iston 114 ta medalni qo‘lga kiritdi: 44 ta oltin, 33 ta kumush va 37 ta bronza. Bu qozog‘istonliklarga medallar jamg‘armasida ishonchli tarzda birinchi o‘rinni egallash imkonini berdi.
Ikkinchi o‘rinda 18 oltin, 21 kumush va 25 bronza medali bilan Qirg‘iziston terma jamoasi, uchinchi o‘rinda 47 medal bilan Rossiya, 11 oltin, 12 kumush va 11 bronza medali bilan О‘zbekiston kuchli to‘rtlikni yakunladi.
Avvalroq 2026-yilda О‘zbekiston VI Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlariga mezbonlik qilishi ma’lum bo‘lgan edi.
Sharhlar