Astanada ShHTga a’zo davlatlarning energetika vazirlari uchrashadi

Foto: yuz.uz

QR Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov vazirlikning matbuot anjumanida Astana shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar vazirlarining bir necha uchrashuvlari bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

“21-iyun kuni Astanada Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar energetika vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Energetika idoralari rahbarlari Qozog‘iston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda ShHTga a’zo davlatlarning hamkorligini rivojlantirish strategiyasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi”, – dedi vazirlik rasmiy vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv doirasida delegatsiya rahbarlari ShHT formatida energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning strategik yondashuvlarini muhokama qiladilar.

Shuningdek, Aybek Smadiyarovning ma’lum qilishicha, 20-iyun kuni ShHTga a’zo davlatlar ilmiy-texnika idoralari rahbarlari, transport vazirlarining onlayn videokonferentsiya formatida uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.