Yerga 2024 RW1 asteroidi tushdi (video)

Yerga Tinch okeanining janubiy qismi uzra 2024 RW1 asteroidi kelib tushdi, deb yozadi Meduza. Natijada Filippin osmonida kuchli chaqnash kuzatildi, hodisa mahalliy vaqt bilan 00:45 da (Toshkent vaqti bilan 4-sentabr 21:45 da) yuz berdi. Asteroid atmosferada yonib ketdi.

Astronomlar Yerga yaqinlashib kelayotgan, uzunligi bir metrgacha bo‘lgan asteroidni (Toshkent vaqti bilan) 4-sentabr kuni 10:43 da payqagan. Uni Amerikaning Arizona shtatidagi observatoriya mutaxassislari aniqlagan. Asteroidga dastlab CAQTDL2 nomi berilgan, keyinroq uni 2024 RW1 deb qayta nomlashgan. Uning qulash tezligi soniyasiga 17,6 kilometr yoki soatiga 63 360 kilometrga teng bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarga kosmik obyektning qulashi aks etgan videolar joylandi, ular Filippin shimolida olingan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.