Astra nashri UQK Kursk oblastiga yorib kirganidan keyin bedarak yo‘qolgan 42 nafar muddatli chaqiruvdagi askarning shaxsini aniqladi
Astra nashri Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) hujumi boshlanganidan keyin Kursk oblastida bedarak yo‘qolgan 42 nafar muddatli chaqiruvdagi aaskaaarning shaxsini tasdiqlaganini ta’kidlmoqda. Yo‘qolgan 42 kishining barchasi Bryansk oblasti Klintsi shahrida joylashgan 12721-harbiy qismning 488-polkida xizmat qilgan, deb yozadi Astra.
Astra tomonidan shaxsi tasdiqlangan bedarak yo‘qolgan jngchilar orasida Moskva, Rostov-Don, Abakan, Novosibirsk va Lipetsk oblastlari, Komi, Buryatiya va boshqa oblastlar aholisi bor.
Avvalroq “Vajnыe istorii” UQK muvaffaqiyatidan so‘ng qarindoshlari tomonidan qidirilayotgan 22 nafar harbiy xizmatchini aniqlagani haqida xabar bergan edi. So‘z Astra yozgan o‘sha bo‘linmaning askarlari haqida bormoqda.
Sharhlar