AQSH Rossiya ichkarisiga zarbalar berishga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash ustida ishlamoqda
AQSH hukumati Ukraina tomonidan Amerika uzoq masofali qurolidan Rossiya hududidagi nishonlarga hujum qilish uchun foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda davlat rahbari Jo Bayden ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Avvalroq Axios nashri AQSH yaqin vaqt ichida Ukraina armiyasiga ATACMS uzoq masofali raketalaridan Rossiyaga zarbalar berishga ruxsat etishini ma’lum qilgandi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, bu haqda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken 11-sentabr kuni Kiyevga yetib kelganida e’lon qiladi.
Jurnalistlar AQSH prezidentidan Amerika raketalari bilan Rossiya hududiga zarbalar berishga qo‘yilgan cheklovni haqiqatan ham olib tashlashni rejalashtirayotgani haqida so‘radi. “Biz aynan hozir shu masala ustida ishlayapmiz”, — deya javob berdi Jo Bayden.
May oyida Xarkov viloyatiga hujum fonida AQSH Ukrainaga Amerika quroli bilan Rossiya hududiga hujum qilishga ruxsat bergandi. Ammo ATACMS uzoq masofali raketalaridan Rossiyaga zarbalae berish taqiq ostida qolayotgan edi.
Sharhlar