Avariya sababli anneksiya qilingan Qrimning 50 mingdan ortiq aholisi chiroqsiz qoldi
Yuqori voltli kichik stantsiyadagi avariyadan so‘ng Kerch va unga yaqin qishloqlardagi 360 ta kichik stantsiya elektr energiyasidan uzilib, 53 mingdan ortiq odam elektr energiyasiz qoldi, deyiladi Qrim Respublikasi yoqilg‘i va energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Vladimir Voronkinning Telegram-kanalida. .
Mahalliy kanallarning yozishicha, yong‘inlar deyarli bir vaqtning o‘zida 450-blokda, Mitridat tog‘ida, shuningdek, Osovini va Bondarenkovo qishloqlarida boshlangan. Shundan so‘ng elektr bilan avariya sodir bo‘lgan. Kremlparast Mash ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘inlarga diversiya sababchi bo‘lishi mumkin.
Ulashish:
Sharhlar