AQSHning Suriyadagi aviabazasi hujumga uchradi
Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatida AQSH harbiy bazasiga qarata snaryadlar otildi, biroq ular obyektga borib tegmadi. Bu haqda Reuters amerikalik mansabdorlarga va xavfsizlik organlaridagi manbalariga tayanib xabar berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.
Amerika aviabazasi atroflariga oltita snaryad uchirilgan, ular yaqinga kelib tushgan. AQSH boshchiligidagi koalitsiya artilleriyadan o‘qqa tutish orqali javob qaytargan.
Eslatib o‘tamiz, 11-avgust kuni AQSH va koalitsiyaning bir nechta harbiylari Suriyada uchuvchisiz uchar qurilma hujum qilishi oqibatida jabrlangan edi. Undan avvalroq esa Iroqdagi Ayn-al-Asad aviabzasiga raketa hujumi uyushtirilib, besh harbiy xizmatchi yaralangan edi.
Sharhlar