Eron Ukrainaga zarbalar berish uchun Rossiyaga eng yangi aviabombalarni yetkazib berdi — Bild
Eron Rossiyaga eng yangi Qaem-5 (“Kaim-5”) boshqariluvchi aviabombalarini yetkazib berishni boshladi, deb yozadi Bild. Nashrning harbiy eksperti Eronning o‘tgan dam olish kunlari Kursk viloyatida urib tushirilgan Mohajer-6 og‘ir uchuvchisiz uchar qurilmasi qulagan joydan olingan videotasvirni tahlil qilib shunday xulosaga kelgan.
Taxminlarga ko‘ra, dron Ukrainaning Sumi viloyatiga hujum qilishi kerak bo‘lgan, ammo nishongacha borib yetmay qulagan. Uchar qurilma bortida Qaem-5 aviabombalarini tashigan, ulardan Rossiya armiyasi shu paytgacha Ukraina bilan urushda foydalanmagan edi.
Ekspertning fikricha, bunday aviabombalarning qo‘llanilishi Tehron va Moskva o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning “yangi darajasi” haqida gapirishi mumkin.
BBC qayd etishicha, tashqi ko‘rinishidan tasvirlardagi jangovar o‘q-dori haqiqatan ham Qaem-5 ga juda o‘xshash. Kichik diametrli ushbu aviabomba Eronning Mohajer-6 va Hamaseh dronlariga o‘rnatilishi mumkin. Ushbu bomba televizion kuzatuvga ega bo‘lib, turli jangovar kallaklar bilan jihozlana oladi. Uning parvoz masofasi 40 kilometrgacha yetadi. Eronda u 2019-yil avgustida arsenalga qabul qilingan.
Sharhlar