Avstraliyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlashmoqchi

Фото: intent solution

Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze 10-sentyabr kuni bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishini bildirdi. Unga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish uchun eng kam yosh 14 yoshdan 16 yoshgacha qilib belgilanadi. Bosh vazir bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklovchi federal qonunlar yil oxirigacha kuchga kirishini qayd etdi.

Albaneze ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga ta’sirini “ofat” deb atadi. Uning qayd etishicha, 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun taqiq o‘rnatgan ma’qul. Avstraliya hukumati kelgusi oylarda yoshni tekshirishning turli usullarini sinab ko‘radi.

“Men bolalar o‘z qurilmalaridan uzoqlashishlarini va futbol o‘ynashlarini, basseynlarda suzishlarini va tennis o‘ynashlarini xohlayman”, deydi Albaneze.

“Biz ular haqiqiy odamlar bilan muloqot qilish bo‘yicha  haqiqiy tajribaga ega bo‘lishlarini istaymiz, chunki biz ijtimoiy tarmoqlar ijtimoiy zarar keltirishini bilamiz”, – deya tushuntiradi siyosatchi.

Konservativ muxolifat yetakchisi Piter Datton hukumat taklif qilayotgan yosh chegarasini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.