Rossiyada o‘zbekistonlik yo‘lovchilarni olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi
Rossiyaning Samara viloyatida yo‘lovchi tashib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi, oqibatda ikki kishi halok bo‘lib, 26 kishi shikastlandi, deb xabar beradi “112” Telegram-kanali.
YTH M5 “Ural — Maxanovo” avtomobil yo‘lining 24-kilometrida yuz bergan. Avtobusdagi 68 yo‘lovchining barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, ular Qozog‘istondan Nijniy Novgorodga yo‘l olgan.
Avtobus Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi ariqqa tushib ag‘darilib ketgan.
Ulashish:
Sharhlar