Axios: Baydenning poygadan chiqishi Tramp kampaniyasini hayratda qoldirdi
AQSh prezidenti Jo Baydenning prezidentlik poygasidan voz kechish va vitse-prezident Kamala Xarrisni qo‘llab-quvvatlash qarori Donald Trampning saylovoldi kampaniyasini kutilmaganda hayratda qoldirdi, deb yozadi Axios Respublikachilar partiyasidagi manbalarga tayanib.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Trampning katta maslahatchilari Bayden buni e’lon qilganida haqiqatda poygadan chiqib ketganiga shubha qilishgan va Xarrisga hujum qilish uchun yangi dalillar keltirishga shoshilishgan.
Odatda saylov kampaniyasi bilan bog’liq yangiliklarga tezda javob beradigan Tramp jamoasi Baydenning qaroriga munosabat bildirish uchun ikki soat vaqt sarfladi, garchi Trampning o’zi bu haq-da o’zining “Truth Social” tarmog’ida ancha oldin yozgan edi.
Trampning saylovoldi tashviqoti bo‘yicha katta maslahatchisi Jeyson Miller Axiosga Tramp jamoasi “Jo Baydendan tez qutulganidan” hayratda qolganini aytgan.
“Shaxsan men bu bir haftadan keyin sodir bo’ladi deb o’yladim. Men Jo Bayden Bibi bilan uchrashishga harakat qiladi deb o‘yladim”, – degan Jeyson Miller Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning Vashingtonga tashrifini nazarda tutib.
Sharhlar