BAA banklari Xitoy elektr mahsulotlari uchun Rossiyadan to‘lovlarni blokirovka qilmoqda
“Kommersant” gazetasining yozishicha, blokirovka qilish holatlari texnika Birlashgan Arab Amirliklari orqali emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya Federatsiyasiga yetkazilgan holatlarda sodir bo‘lmoqda, deb yozadi DW.
Nashr manbasining qayd etishicha, ilgari Rossiya kompaniyalari BAA dan Xitoyga elektronika mahsulotlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida foydalangan. To‘lovlarni amalga oshirish uchun komissiya faqat 1-3% ni tashkil qilgan. Biroq banklar AQShning ikkilamchi sanktsiyalari tahdidi tufayli tranzaktsiyalarni rad etishni boshladi.
“Beshtau” elektronika ishlab chiqaruvchisi bosh direktori Oleg Osipovning so‘zlariga ko‘ra, blokirovkalar Xitoy banklari tomonidan boshlangan. Shu tarzda, ular Dubay tashkilotlaridan o‘zlariga kelib tushgan mablag‘lar, shuningdek, bojxona deklaratsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rashni boshladilar, deya aniqlik kiritadi u.
Vladimir Putin Xitoyga tashrifi chog‘ida tomonlar, jumladan, Xitoy banklari orqali to‘lovlarni kechiktirish masalasini muhokama qilishgandi. Reuters agentligiga ko‘ra, moliya sektorida Pekin hududiy banklarni faolroq ishga sola boshlagan, bu esa Vashington uchun nazorat qilish qiyinroqdir. Kuzdan boshlab esa Rossiya Federatsiyasi va Xitoy o‘rtasida, ayniqsa, qishloq xo‘jaligida barter almashinuvi o‘rnatilishi mumkin.
Sharhlar