BAAda ravvinni o‘ldirishda gumon qilinayotgan shaxslar kimligi ma’lum bo‘ldi
BAA Ichki ishlar vazirligi 2024-yilning 21-noyabrida g‘oyib bo‘lgan ravvin Svi Koganning o‘ldirilishida gumon qilinayotganlarning ismlarini ma’lum qildi. Mazkur holat yuzasidan 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi: 28 yoshli Olimboy Toxirovich T. va Mahmudjon Abdulrahim, shuningdek, 33 yoshli Azizbek Kamilovich I. hibsga olingan.
BAA huquq-tartibot idoralari mahbuslarning niqob kiygan suratlarini chop etdi. Aniqlanishicha, erkaklar mamlakatga vizalar bilan kelgan, bu esa gumondorlarni tezda aniqlash va qo‘lga olishga yordam bergan. Hozirda tergovni yakunlash uchun ishlar prokuraturaga o‘tkazilgan.
Yahudiylarning “Xabad” harakati vakili, BAAda yashovchi Svi Kogan keng ko‘lamli qidiruv va tergov operatsiyasidan so‘ng o‘lik holda topilgan. Rasmiylar uning Moldova fuqarosi ekanligini, Dubaydagi “Rimon” kosher supermarketini boshqarganini va yahudiy jamiyatining faol ishtirokchisi ekanligini ta’kidlaydi.
BAA Ichki ishlar vazirligi xavfsizlik xizmatlarining kecha-yu kunduz ishlashi va zamonaviy texnologiyalar, jumladan, viza harakatini nazorat qilish tizimi tufayli mamlakat aholisi va mehmonlarining xavfsizligi ta’minlanayotganini ta’kidladi.
Sharhlar