Tojikiston prezidentining kuyovi BAAdagi elchi lavozimini egalladi

Foto: Asia Plus

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon o‘z kuyovi Ashraf Gulovni Tojikistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi etib tayinladi, deb yozadi “24.kg” “Radio Ozodi”ga tayanib.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi uch yil davomida Ashraf Gulov Tojikistonning Turkiyadagi elchisi lavozimida ishlab, o‘z xizmat vakolatlaridan rafiqasi Parvina Rahmonning tibbiy va harbiy forma tikish bo‘yicha “Sifat sanoat” kompaniyasini ilgari surish uchun foydalangan.

2021-yil dekabrida Ashraf Gulov “Tojikiston va Turkiya kompaniyalarining tibbiy va farmatsevtik sanoat sohasidagi sherikligi” mavzusida vebinar tashkil qilgan, deyiladi xabarda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.