Bakalchuk Wildberries ofisidagi otishmadan keyin Qodirov uni qamoqdan qutqarib qolganini malum qildi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Wildberries bozorining hammuassisi Vladislav Bakalchukni qamoqdan qutqarib qoldi. Bu haqda tadbirkor Olga Chebikina bilan “Millionщiki” YouTube -kanaliga bergan intervyusida aytgan.
Bakalchuk 25 sentyabr kuni ushbu telegram-kanalda “Ramzan Axmatovich Qodirov haqiqatda hayotimni saqlab qoldi” degan so‘zlari aks etgan suhbatdan parchani e’lon qildi. Intervyuda u sakkiz yildan ko‘proq vaqt oldin Qodirov vakillari bilan tanishganini aytadi. O’shanda ular unga yordam berishgan va shundan so‘ng tadbirkor ular bilan “do‘stlashgan”.
“Bularning barchasi (Wildberries va Russ guruhining birlashishi) sodir bo‘lganida, men ham maslahat uchun uning (Qodirov) oldiga bordim. Ular yordam berishni taklif qilishdi. Shu tufayli men qamoqda emasman, tirik va sog‘lomman”, – deydi Bakalchuk.
Tadbirkor bilan suhbat 16 sentyabr kuni yozib olingan. Bundan ikki kun o‘tgach, Bakalchuk boshchiligidagi 20-30 kishilik guruh “Romanov Dvor” biznes-markazida Kremldan 350 metr masofada joylashgan Wildberries ofisiga hujum qilgan. Otishma chog‘ida ikki kishi — qo‘riqchi va biznes markaz xodimi halok bo‘lgan, yana 10 kishi, jumladan, chechenistonlik uch nafar MMA jangchisi yaralangan.
Shundan so‘ng, Bakalchuk hibsga olingan va Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qotillikka urinish) 2-qismi, 105-moddasi 1-qismi, 30-moddasi, 3-qismi, 317-moddasi (huquqni muhofaza qilish organi xodimining hayotiga daxl qilish) va 330-moddasi (o‘zboshimchalik) bo‘yicha ayblangan. Ushbu moddalarga ko‘ra, u umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin edi.
Biroq, keyinroq Bakalchukning advokatlari sud tadbirkorni hibsga olmaganini, chunki tergovchilar uning harakatlarida jinoyat mavjudligini isbotlay olmaganini aytishdi. Wildberries hammuassisi vakillari buning sabablarini Tergov qo‘mitasiga oydinlik kiritishni tavsiya qilgan.
Sharhlar