Eron Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib berishga tayyorlanmoqda

Foto: DPA

Eron yaqin vaqtlarda Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib berishi mumkin, deb xabar berdi Bloomberg agentligi 2-sentabr kuni yevropalik mansabdorlarga tayanib. Ular ehtimoliy yetkazmalarning turi va ko‘lamiga aniqlik kiritmadi, shuningdek, aniq muddatlarni aytmadi, ammo manbalardan biri bu bir necha kunlar ichida amalga oshishiga ishonch bildirdi.

AQSH va NATO bo‘yicha boshqa ittifoqdoshlar Tehronni bunday qadamdan bir necha marta ogohlantirgan va uning oldini olish uchun diplomatik sa’y-harakatlar olib bormoqda. Oq uy qoshidagi Milliy xavfsizlik kengashi, Eron TIV va uning BMTdagi vakolatxonasi Bloomberg’ning izoh so‘rab yuborgan so‘rovlariga javob qaytarmadi.

Moskva, shuningdek, Shimoliy Koreyadan qurol-yarog‘ yetkazmalariga tayanmoqda hamda Xitoydan keladigan texnologiyalar va asosiy tarkibiy qismlar hisobiga ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turmoqda, deb yozadi agentlik. Tehron urushning ikki yarim yili davomida Rossiyaga yuzlab uchuvchisiz qurilmalarni ham taqdim etgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.