Bangladeshda hukumatga qarshi namoyishlarda 48 kishi halok bo‘ldi
Bangladeshda Ozodlik uchun urush ishtirokchilari oilalariga davlat sektorida kvotalar ajratilganidan keyin boshlangan norozilik aksiyalaridagi zo‘ravonlikka e’tiborni jalb qilish maqsadida tashkil etilgan namoyishlarda 48 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
O‘tgan haftalarda “davlat sektoridagi kvotalar haqidagi qaror”ga qarshi namoyishlarda 200 dan ortiq odam halok bo‘lganidan keyin butun mamlakat bo‘ylab hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda.
Mahalliy OAVlarga ko‘ra, qayta boshlangan namoyishlarda “soliq to‘lamaslik va ishga bormaslik” chaqirig‘i bilan chiqqan namoyishchilar ba’zi jamoat binolariga hujum qilib, bir nechta mashinaga o‘t qo‘ygan.
Ma’murlarga ko‘ra, mamlakatning turli hududlarida politsiyaning hukmron Avami Lig partiyasi tarafdorlari va namoyishchilar bilan to‘qnashuvi oqibatida 48 kishi halok bo‘lgan, yuzlab odamlar yaralangan.
Ichki ishlar vazirligi Dakka va ba’zi hududlarda “agar boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa, muddatsiz komendantlik soati” e’lon qilinganini bildirdi.
Hukumat, shuningdek, mamlakatda 3 kunlik ta’til e’lon qildi.
Vaqti-vaqti bilan qisman bekor etilgan komendantlik soati iyul oyi oxiridan beri mamlakatda amal qilmoqda.
Sharhlar