Bangladesh Bosh vaziri Shayx Hasina iste’foga chiqdi
Bangladesh Bosh vaziri Shayx Hasina yuzlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan ommaviy norozilik namoyishlari fonida iste’foga chiqdi va mamlakatni tark etdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Uning qayerdaligi noma’lumligicha qolmoqda. Dushanba kuni minglab namoyishchilar bosh vazir qarorgohi Ganobxabanga bostirib kirishdi.
Davlatni kim boshqarayotgani hozircha noma’lum. Armiya qo‘mondoni, BBC muxbirining so‘zlariga ko‘ra, siyosiy partiyalar yetakchilari bilan muzokaralar olib bormoqda va tez orada matbuot anjumani o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Ulashish:
Sharhlar