Rossiya qamoqxonasidan ozod etilgan amerikalik basketbolchi olimpiya o‘yinlarida oltin medal yutib oldi
AQSHning basketbol bo‘yicha ayollar terma jamoasi 11-avgust kuni Parijdagi Olimpiya o‘yinlari finalida Fransiya jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi, deb yozadi DW. O‘yin 67:66 hisobi bilan yakunlandi. Jamoa tarkibida Rossiya qamoqxonasidan ozod etilgan basketbolchi Brittni Grayner ham medalni qo‘lga kiritdi, bu uning uchun uchinchi olimpiya oltini hisoblanadi.
2022-yil avgustida 31 yoshli sportchi narkotiklar kontrabandasi haqidagi ish bo‘yicha Rossiyada to‘qqiz yillik koloniyaga hukm qilingan edi. O‘sha yilning dekabrida Grayner AQSHda qurol savdosi uchun 25 yillik muddatni o‘tayotgan Rossiya fuqarosi Viktor Butning qaytarilishi evaziga hibsdan ozod etilgan edi.
Amerikalik sportchiga nisbatan sud mojarosi Rossiyada ham, G‘arbda ham keng muhokama qilingan edi. Jinoiy ta’qibga Moskvaning Sheremetyevo aeroportida Graynerning yuklarini ko‘zdan kechirish chog‘ida kannabis yog‘i solingan ikkita elektron bug‘lantiruvchi moslama topilgani sabab bo‘lgandi.
Sharhlar