NATO sammitida Bayden yanglishib, Zelenskiyni “prezident Putin” deb tanishtirdi (video)

Foto: Getty Images

AQSH prezidenti Jo Bayden Vashingtondagi NATO sammitida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni yanglishib “prezident Putin” deb atadi. U o‘z xatosini shu zahotiyoq tuzatib, adashib ketganini fikr-u xayoli “Putin ustidan g‘alaba qozonish” bilan band ekani bilan izohladi.

“Endi men qanchalik jasur bo‘lsa, shunchalik qat’iy ham bo‘lgan Ukraina prezidentiga so‘z beraman. Xonimlar va janoblar, prezident Putin”, — dedi Bayden. U o‘z xatosini darhol anglab, qo‘shib qo‘ydi: “Prezident Putin? Ya’ni u prezident Putinni yutib chiqadi… Xayollarim prezident Putinni yengish bilan shunchalik band”.

Zelenskiy uning gaplariga: “Men yaxshiroqman”, — deya munosabat bildirdi. “Siz nihoyatda yaxshiroqsiz”, — deb javob qildi AQSH prezidenti.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.