Bayden Meksika bilan chegarani noqonuniy kesib o‘tganlarga AQShda boshpana berishni vaqtincha taqiqlamoqda
Bayden hujjatsiz meksikalik muhojirlarning boshpana izlash huquqini vaqtincha bekor qildi. 4 iyun kuni Oq uy veb-saytida e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, ko‘rilgan choralar Qo‘shma Shtatlarda bo‘lish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmaganlarni chiqarib yuborishni osonlashtiradi.
AQSh prezidenti ma’muriyati darhol kuchga kirgan taqiq doimiy amalda bo‘lmasligini aytdi. Ular hozir sodir bo‘layotgan jarayonni, “janubiy chegarada haddan tashqari yuklama ortib ketgani” bilan tavsiflashngan.
Chegarani kesib o‘tgan muhojirlar soni AQSh rasmiylari “immigratsiya operatsiyalarini samarali boshqarish” uchun yetarlicha past bo‘lsa, choralar bekor qilinadi, degan Oq uy.
Reuters agentligining ismi oshkor etilmagan amerikalik mulozimga tayanib xabar berishicha, chora-tadbirlar hafta davomida chegarada kuniga oʻrtacha 2500 dan ortiq qoʻlga olish amalga oshirilsa, joriy qilinadi va qoʻlga olishlar soni kuniga 1500 dan kamayganda bekor qilinadi. .
Rasmiyning qayd etishicha, cheklovlar chegarani ota-onalari yoki vasiylari hamrohligisiz kesib o‘tgan bolalarga, shuningdek, odam savdosi qurbonlari va jiddiy xavf ostida bo‘lganlarga, jumladan, tibbiy nuqtai nazardan ham qo‘llanilmaydi.
Sharhlar