Bayden Isroilning Eron yadro obyektlariga zarbalariga qarshi fikr bildirdi
AQSH prezidenti Jo Bayden Isroilning Eron yadro obyektlariga zarba berish ehtimolini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi.
“Javobim — yo‘q. O‘ylaymanki, biz isroilliklar bilan muhokama qilishimiz kerak bo‘lgan, ularning rejalariga bog‘liq masalalar bor, ammo bizlar hammamiz, shu jumladan, G7 mamlakatlari Isroilda javob harakatlarini amalga oshirish huquqi borligiga qo‘shilamiz. Biroq bu harakatlar proportsional bo‘lishi kerak”, — dedi Bayden jurnalistlar savollariga javoban.
Shuningdek, Bayden katta ehtimol bilan “eng yaqin vaqtlarda” Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan suhbatlashishini ham ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Netanyaxu Eron tomonidan qilingan raketa hujumini katta xato deb atagan va unga javob qaytarilishiga va’da bergan edi.
Sharhlar