Bayden vakolatlarini Trampga topshirishdan oldin Ukrainaga 6 milliard dollar ajratishni rejalashtirmoqda
AQSH prezidenti Jo Bayden Donald Tramp prezidentlikka kelishidan oldin Ukrainaga 6 milliard dollar yordam jo‘natmoqchi.
Bu haqda milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivan CBS telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Bayden 13-noyabr kuni Oq uyda Trampni tashqi siyosat muhokamasi uchun qabul qiladi, unda u Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan voz kechish xavfini ta’kidlaydi.
Bayden, shuningdek, Tramp bilan hozirgi vaziyat va uning kelajak rejalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Ulashish:
Sharhlar