Bayden va Scholz Ukrainani qo’llab-quvvatlashni to’xtatmaslikka va’da berishdi
AQSh prezidenti Jo Bayden va Germaniya kansleri Olaf Shols Berlindagi qo‘shma matbuot anjumanida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash davom etishini ochiq aytishdi. Bu haqda DW xabar bermoqda.
“Bizni qiyin qish kutib turibdi va biz bo’shashmasligimiz, charchamasligimiz kerak”, – dedi Bayden Kiyevga yordamni davom ettirish muhimligini ta’kidlab. U Scholz va Germaniya hukumatiga Ukrainaning g’alabasiga qaratilgan “tinimsiz” ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Bayden Ukrainani qoʻllab-quvvatlash “adolatli va barqaror tinchlik”ga erishmaguncha davom etishi kerakligini taʼkidladi.
Scholz, o’z navbatida, Germaniya Ukrainaga kerak bo’lganda yordam berishini aytdi.
“Putin xato hisobladi. U bu urushga dosh berolmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi Germaniya kansleri.
Sharhlar