Bayden va Tramp G‘azo masalasini birgalikda hal qiladi

Foto; kazinform

AQSH prezidenti Jo Bayden Oq uyda bo‘lib o‘tgan ikki soatlik uchrashuvda AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampdan Isroil va HAMAS o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish uchun birgalikda harakat qilishni so‘radi, deb yozadi Axios.

Jo Bayden chorshanba kuni G‘azoda qo‘lga olingan amerikaliklarning oila a’zolari bilan uchrashdi. U, o‘z navbatida, o‘z lavozimida qolgan ikki oyni G‘azodagi vaziyatga tinchlik o‘rnatish uchun o‘tkazmoqchi ekanini aytdi.

“Biz yangi jamoa bilan umumiy maqsad yo‘lida ishlashga, garovdagilarni ozod qilish uchun birgalikda harakat qilishga tayyormiz”, — dedi Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivan.

Isroil rasmiylariga ko‘ra, Hamas G‘azoda 101 kishini garovda ushlab turibdi va ulardan kamida 50 nafari tirik. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 43 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.