Blinken Baydenning ortidan Germaniyaga safarini bekor qildi
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken prezident Jo Baydenning ortidan Germaniya va Angolaga tashrifini bekor qildi, deb xabar bermoqda DPA agentligi.
Bayden rejalashtirilgan tashrifini “Milton” dovuli tufayli kechiktirishi haqida ma’lum qilgach, Blinken ham shu hafta oxiriga belgilangan Germaniyaga safarini bekor qildi.
Bayden Germaniya va Angolaga safarlarini keyinga qoldirishi haqida avvalroq ma’lum bo‘lgan edi. U mamlakat janubi-sharqida “Xelen” dovuli oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakatlar davom etayotgan bir paytda “Milton” dovuliga tayyorgarlikni va uning yaqinlashib kelayotgani tufayli chora-tadbirlar qabul qilinishini nazorat qilmoqchi.
Ulashish:
Sharhlar