Belarus MSKga Lukashenkoni prezidentlikka nomzod qilib ko‘rsatish bo‘yicha hujjatlar taqdim etildi
Belarus Markaziy saylov komissiyasiga Aleksandr Lukashenkoning respublika prezidentligiga nomzod sifatida koʻrsatilishini tasdiqlovchi hujjatlar kelib tushdi, deb xabar qildi shanba kuni MSK matbuot xizmati.
“Belarus Markaziy saylov komissiyasiga Aleksandr Lukashenkoni Belarus Respublikasi prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilar imzolarini to‘plash bo‘yicha fuqarolar tashabbuskor guruhini ro‘yxatga olish uchun hujjatlar taqdim etildi”, — deyiladi xabarda.
Belarusda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2025-yil 26-yanvarga belgilangan.
Ulashish:
Sharhlar