Belarusda Germaniya fuqarosi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Фото: Rico Krieger / LinkedIn

30 yoshli Riko Kriger iyun oyida yopiq sud jarayonida oltita jinoyatda aybdor deb topildi. Bu haqda Belarusning “Vyasna” yetakchi faol tashkilotining bayonotida aytiladi. U Jinoyat kodeksining bir qancha og‘ir moddalari, jumladan, terrorchilik harakati bo‘yicha aybdor deb topilgan.

“O‘lim jazosi shafqatsiz va g‘ayriinsoniy jazo turi bo‘lib, Germaniya uni har qanday sharoitda ham rad etadi”, — deyiladi Germaniya tashqi ishlar vazirligining bayonotida.

LinkedIn sahifasidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Riko Kriger 30 yoshda. Maktabni tugatganidan so‘ng u mexanik sifatida kasbiy ta’lim olgan. Erkak uch yil davomida AQSh Davlat departamentining Berlindagi idorasida xavfsizlik xizmati xodimi bo‘lib ishlagan, keyin ijtimoiy yordam sohasiga o‘tgan. U ijtimoiy tarmoqda taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, u 2021-yilda Germaniya Qizil Xoch jamiyatida shoshilinch tibbiy yordam bo‘yicha mutaxassis sifatida ishga joylashgan.

“Vyasna”ning yozishicha, Germaniya fuqarosi ustidan sud Minsk oblast sudida bo‘lib o‘tgan Unga hukm 24-iyun kuni chiqarilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.