Belgiya Fransiyaning Telegram bo‘yicha tergoviga qo‘shildi
Belgiya rasmiylariga ko‘ra Telegram messenjeriga nisbatan jinoiy ish 2020-yildan beri olib borilmoqda, endilikda Fransiya sud organlari bilan ham qo‘shma tergov guruhi tuzilgan. Bu haqda Belgiya federal prokuraturasining rasmiy vakili Erik Vandersypt De Standaard gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
“Deyarli har bir tergovda, aytaylik, noqonuniy qurol savdosi boʻyicha, […] gumonlanuvchilar Telegram’dan foydalanadilar”, deb tushuntirdi Vandersipt.
Ilgari keng jamoatchilik Belgiya federal prokuraturasi 2020 yildan beri Telegram’ga qarshi tergov olib borayotganidan bexabar edi, deya qayd etadi nashr. Frantsiya shunga o’xshash faoliyatni boshlaganidan so’ng, mamlakatlar kuchlarini birlashtirishga qaror qilishdi. Kutilishicha, xalqaro tergov guruhi yordamida huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘z ish natijalari bilan bo‘lishishlari osonlashadi va ular birgalikda harakatlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Sharhlar