Belgiyalik sportchi Senada suzishdan keyin E-coli bakteriyasi bilan kasalxonaga yotqizildi
Suzuvchi Kler Mishel 31-iyul kuni Parij Olimpiadasida Belgiya nomidan triatlon bo‘yicha musobaqada qatnashib 38-o‘rinni egallagandi.
Nieuwsbladning so‘zlariga ko‘ra, u beshinchi kundan beri kasalxonada. Voqea tufayli Belgiya triatlon jamoasi aralash estafetada qatnashishdan bosh tortdi.
Boshqa sportchilar ham musobaqadan so‘ng o‘zlarini yomon his qilishganidan shikoyat qilishgan: triatlon bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi yetakchisi Yekaterina Shabalina va Kanada terma jamoasi a’zosi Tayler Mislavchuk, biroq ikkalasi ham kasalxonaga borishmagan.
Mutaxassislar Sena suvida E-coli’ning koʻp boʻlishini yomgʻirning koʻpligi va Parij kanalizatsiya tizimining oʻziga xos xususiyatlari bilan izohlagan.
Senadagi suv sportchilar uchun xavfli ekanligi haqidagi xavotirlar Olimpiadadan oldin ham ko‘tarilgan edi. Bunga javoban bir qator fransuz rasmiylari daryoda suzib berishgandi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham buni qilishga va’da bergandi, ammo oxir-oqibat u “ko‘p sonli holatlar”ni aytib, suzishdan o‘zini tiygan.
Sharhlar