Belgorod viloyatining Ukraina bilan chegaradosh qishloqlaridan 400 ga yaqin aholi evakuatsiya qilindi

МО РФ
Фото: Anadolu

Rossiyaning Belgorod viloyati gubernatori Grayvoron shahar okrugidagi chegaraga tutash uchta qishloq aholisi murakkab tezkor vaziyat tufayli evakuatsiya qilinganini bildirdi, deb yozadi “Interfaks”.

“Grayvoron shahar okrugiga kecha uyushtirilgan safar bo‘yicha. Tungi holat yakuniga ko‘ra, Gora-Podol, Glotovo va Kozinkaning 400 ga yaqin aholisi o‘z roziliklari bilan Mudofaa vazirligi va o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari jangchilari yordamida uylaridan olib ketildi”, — dedi hudud rahbari 15-mart, juma kuni.

U ko‘chib ketishga qaror qilgan fuqarolarning barchasiga yordam ko‘rsatilishini aytdi.

Avvalroq Gladkov viloyat hududida Ukraina qo‘shinlari yo‘qligini, janglar uning tashqarisida bo‘layotganini ma’lum qilgandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.