Belgorod oblastidagi kutubxona veb-saytlaridan urushda halok bo‘lganlar ro‘yxatlari yo‘qoldi
Belgorod oblastidagi rayon kutubxonalarining veb-saytlarida janglarda halok bo‘lganlar, ya’ni “xotira kitoblari” ro‘yxati endi mavjud emas. Bu haqda “Pepel” nashri 3 noyabr kuni xabar bergan.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, barcha ro‘yxatlar 22 oktyabr, ya’ni Belgorod rayoni “xotira kitobiga” havolalar berilgan urushga qarshi aktsiyada soxta tashviqot varaqalari tarqatilganidan bir kun o‘tib o‘chirib tashlangan.
“Xotira kitoblari” Belgorod oblastining 2023 yil 2 noyabr kuni qabul qilingan “Vatanni himoya qilishda halok bo‘lganlar xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi mintaaviy qonun asosida oblast kutubxonalarining veb-saytlarida e’lon qilib borilgan.
Ulashish:
Sharhlar