Qodirov Belgorod viloyatida qo‘poruvchilar yo‘q qilinganini bildirdi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiyaning Belgorod viloyatidagi Ukraina bilan chegaradosh tumanda qo‘poruvchilik-razvedka guruhi (QRG) yo‘q qilinganini aytdi, deb yozadi “Kommersant”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘poruvchilar tashlandiq binoga joylashib olmoqchi bo‘lgan, ammo ularni artilleriya yo‘q qilgan. Ta’kidlanishicha, Rossiya qo‘shinlari chegaraning buzib o‘tilishiga yo‘l qo‘ymagan.
Qo‘poruvchilarning yo‘q qilingani haqida Ramzan Qodirovga Chechenistonning Kurchaloyev tumani IIB boshlig‘i Rustam Aguyev ma’lum qilgan.
Mart oyida QRG Belgorod va Kursk viloyatlarida Rossiya chegarasini bosib o‘tishga ko‘p marta uringandi. Rossiya Mudofaa vazirligi hujumlarning barchasini qaytarishga muvaffaq bo‘linganini bildirgandi.
Sharhlar