Belgraddagi norozilik namoyishida hukumat iste’fo berishga chaqirildi

Belgradda hukumatga qarshi namoyish ishtirokchilari yaqinda temir yo‘l vokzalida yuz bergan fojia tufayli yuqori martabali amaldorlarni hibsga olish va ularning iste’fosini talab qildi. Novi-Sad shahrida beton bostirma qulashi oqibatida 14 kishi halok bo‘lgandi.

Yig‘ilganlar hukumatni korrupsiyaning avj olganlikda va Serbiya shimolidagi Novi-Sad shahrida joylashgan vokzal binosini beparvolik bilan ta’mirlashda aybladi.

Ayni paytda tergov olib borilmoqda va Serbiya qurilish vaziri o‘tgan hafta iste’foga chiqdi, biroq 1-noyabrdagi voqea bo‘yicha hali hech kim ayblanmagan.

Serbiya hukumati aybdorlar javobgarlikka tortilishiga va’da bermoqda.

Poуezd stantsiyasi yaqinda ta’mirlandi va Belgrad hamda Budapesht o‘rtasida rejalashtirilgan tezyurar poуezd liniyasining asosiy to‘xtash nuqtasi sifatida ochildi. Qurilish ishlari xitoylik pudratchi tomonidan amalga oshirilgan, biroq ta’mirlash ishlari 50 metrlik beton bostirmani o‘z ichiga olmagan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.