“Beril” dovuli Yunion orolidagi deyarli barcha uylarni vayron qildi, endi u Yamayka tomon harakatlanmoqda
Karib dengizida shakllangan “Beril” dovuli dushanba kuni Grenada va Sent-Vinsent orol davlatlari hamda Grenadin orollariga halokatli zarbalar berdi va Yamayka tomon harakatlanishda davom etmoqda.
“Dovul Sent-Vinsent va Grenadin orollari tarkibiga kiruvchi Yunion orolidagi deyarli barcha binolarni vayron qildi. Natijada orol aholisining katta qismi boshpanasiz qoldi”, – deydi Bi-Bi-Siga mahalliy aholidan biri Katrina Koy.
Yunion orolida 3 mingga yaqin odam yashaydi, uning uzunligi taxminan besh kilometr va kengligi bir yarim kilometrni tashkil qiladi.
“Bizda deyarli butun binolar qolmadi. Uylar vayron bo‘lgan, yo‘llar to‘silgan, ko‘chalarda elektr ustunlari yotibdi”, – deydi u.
AQSh Milliy dovullarni kuzatish markazi chorshanba kuni Yamayka “hayot uchun xavfli shamol va bo‘ronlar”ga duchor bo‘lishidan ogohlantirmoqda. Shamol tezligi soatiga 250 km ga yetishi kutilmoqda.
Sharhlar