Berlin KXDRga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar joriy etilishi mumkinligini tasdiqladi
Shimoliy Koreya askarlari Rossiya tomonida Ukraina bilan urushda ishtirok etgani haqidagi ma’lumotlar tasdiqlansa, Germaniya hukumati “ikki tomonlama munosabatlarda keyingi qadamlar, jumladan, qo‘shimcha sanktsiyalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi”, – dedi Germaniya tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi Sebastyan Fisher.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Berlinning pozitsiyasi avvalroq Germaniya tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan KXDR maxsus vakiliga yetkazilgan.
“Biz uni Rossiyaning Ukrainaga qarshi noqonuniy tajovuzini qo‘llab-quvvatlamaslikka va Rossiyaga tegishli yordamni to‘xtatishga qat’iy chaqirdik”, — deya qo‘shimcha qiladi Fisher.
Ulashish:
Sharhlar