Binyamin Netanyaxu Livandagi sulh kelishuvini ma’qulladi
Isroil Bosh vaziri Livandagi sulh kelshuvini ma’qulladi, bu haqda CNN yozadi. Binyamin Netanyaxu kelishuvning asosiy tamoyillarini ma’qulladi, ammo ba’zi tafsilotlar haligacha aniqlashtirilmoqda. Bu haqda yakshanba kechasi xavfsizlik masalalari bo‘yicha isroillik rasmiylarning maslahatlashuvlari paytida ma’lum qilindi, deya xabar beradi CNN.
Shu bilan birga, telekanal manbalari ta’kidlashicha, “birgina noto‘g‘ri qadam” muzokaralarga shubha solishi mumkin, chunki Isroil hokimiyati va “Hizbolloh” hali ham bir-birlariga turli ayblov so‘zlarini yo‘llayapti.
CNN eslatib o‘tishicha, Isroil oktyabrda chegarada bir nechta oylik hujumlardan so‘ng Livan xududida harbiy amallarni boshlagan. Shu vaqtdan beri “SAXAL” “Hizbolloh”ning bir qancha rahbarlari va yuqori lavozimli a’zolarini, shu jumladan harakatning asoschilaridan biri Hasan Nasrullohni o‘ldirgan.
Sharhlar