Bir qancha davlatlar UNRWAning Isroilda taqiqlanishiga qarshi

фото: nytimes.com

Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Koreya Isroil parlamentining Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha agentligi (UNRWA) faoliyatini jiddiy cheklovchi qonun loyihalaridan “chuqur xavotir”daligini bildirmoqda. Bu haqda ushbu mamlakatlar tashqi ishlar vazirliklarining qo‘shma bayonotida aytiladi.

“UNRWA G‘azo sektori, Sharqiy Quddus, G‘arbiy qirg‘oq va butun mintaqadagi falastinlik qochqinlarga muhim va hayotni saqlab qoladigan gumanitar yordam va zarur xizmatlarni taqdim etadi. Uning ishi bo‘lmasa, bu yordam va xizmatlarni taqdim etish, jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va G‘azoda yoqilg‘i taqsimlash juda qiyinlashadi”, — deyiladi Britaniya Tashqi ishlar vazirligi 27-oktabr kuni e’lon qilgan bayonotda.

Vazirlar Isroil hukumatini xalqaro majburiyatlarini bajarishga, ya’ni UNRWAning G’azo aholisiga barcha shakllarda to’liq, tez, xavfsiz va cheksiz gumanitar yordam ko’rsatish bo’yicha imtiyoz va immunitetlarini saqlab qolishga va barcha zarur yordamni ko’rsatishga chaqirdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.