Bishkekda mingga yaqin odam namoyishga chiqqach, ichki qo‘shinlar olib chiqildi (video)
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek markazida xosteldagi mushtlashuv tufayli, mingga yaqin odam namoyishga chiqdi, ular chet elliklar ustidan nazoratni kuchaytirishga chaqirdi va IIBB rahbari bilan muzokaralardan keyin tarqalishga rozi bo‘ldi. Bu haqda “24.kg” xabar bermoqda.
Hodisa 17-may, juma kuni kechqurun yuz berdi. Xosteldagi mushtlashuvdan keyin Bishkek markazida olomon to‘plangach, ichki qo‘shinlar va suv zambaraklari joylashtirildi.
Bishkek bo‘yicha Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Azamat Toktonaliyev mitingchilar bilan muzokaralar olib borgan. Suhbatdan keyin odamlar tarqalishni boshlagan. Ayni paytda to‘planganlar xorijliklar ustidan nazoratni kuchaytirishni hamda xosteldagi janjaldan keyin qo‘lga olingan uch kishi qonunga muvofiq jazolanishini talab qildi.
Sharhlar