Rossiya, Ukraina va Turkiya o‘rtasidagi Qora dengiz bo‘yicha bitim bekor bo‘lgan — Reuters
Rossiya va Ukraina Turkiya bilan Qora dengizda xavfsiz kemalar qatnovi uchun kelishuv borasida muzokaralar olib borgan, ammo ikki oy davom etgan muhokamalardan keyin Kiyev undan voz kechgan. Bu haqda Reuters o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Turkiya prezidenti bitim haqida 30-mart kuni e’lon qilishi rejalashtirilgan, ammo Ukraina tomoni so‘nggi lahzada bosh tortgan. Kiyevning bunday qaroriga nima sabab bo‘lgani noma’lum. Tomonlarni muzokaralarga BMT chaqirgan edi.
Bitim Qora dengizda savdo kemalari erkin va xavfsiz suzishiga kafolat berilishiga qaratilgan edi. Rossiya va Ukraina noharbiy maqsadga ega tovarlarni olib ketayotgan kemalarni o‘qqa tutmaslikka kafolat berishi kerak edi. Turkiya vositachi sifatida qatnashayotgan edi.
Rossiya va Ukraina Turkiya va BMT vositachiligida 2022-yil iyulida don bitimini tuzgandi. U qariyb bir yil amal qildi. Shundan keyin Moskva va Kiyev Qora dengizning ba’zi hududlarini kemalar qatnovi uchun xavfli deb e’lon qildi, ikki mamlakat portlariga qatnayotgan kemalarni esa potensial harbiy yuk tashuvchilar deb atadi.
Sharhlar