AQSH davlat kotibi Blinken Kiyevga yetib keldi
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken ukrainaliklarni AQSH tomonidan ko‘mak berilishiga ishontirish uchun 14-may, seshanba kuni ertalab Kiyevga oldindan e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi. Bu haqda Davlat departamenti rahbariga safarda hamrohlik qilayotgan AFP muxbiri xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Blinken Polshadan tungi poyezd bilan yetib kelgan bo‘lib, yaqin vaqtkarda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi.
“Birinchi navbatda, ushbu safar sharqiy frontdagi janglar tufayli hamda Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyatida transchegaraviy hujumlarni kengaytirayotgani sababli juda qiyin vaziyatda bo‘lgan ukrainaliklarga aniq-ravshan ishora yuborishga qaratilgan”, — dedi Amerika delegatsiyasining yuqori mansabli a’zosi jurnalistlarga.
Blinken Rossiyaning to‘liq ko‘lamli istilosi boshlanganidan buyon Kiyevga to‘rtinchi marta tashrif buyurmoqda.
Sharhlar