Bloomberg Ilon Maskning o‘n ikkinchi farzandi borligi haqida ma’lum qildi

Foto: Getty Images

Bloomberg Businessweek  chop etgan maqolaga ko‘ra, Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask kamida 12 farzandning otasi hisoblanadi.

Manbalarga ko‘ra, yil boshida Mask va biznesmenning dunyodagi birinchi kam invaziv neyrochipni ishlab chiquvchi Neuralink kompaniyasining top-menejeri Shivon Zilisning uchinchi farzandi tug‘ilgan. 2021-yilda ular egizaklarning ota-onasi bo‘lishgandi.

Mask 2021 yilgacha birga bo‘lgan xonanda Grayms (haqiqiy ismi – Kler Elis Bushe) uning uchta farzandni dunyoga keltirgan – o‘g‘illari X Æ A-XII (Eks Esh Ey-Tvelv deb o‘qiladi) va Texno Mexanikus hamda qizi Y. Bundan tashqari, tadbirkor birinchi rafiqasi Jastin Uilsondan tug‘ilgan egizaklar Griffin va Ksavyerning  hamda uch egizak Damian, Sakson va Kayning otasi hisoblanadi. Maskning to‘ng‘ich o‘g‘li Nevada 10 haftaligida to‘satdan chaqaloq o‘limi sindromidan vafot etgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.