Bloomberg: Rossiya Donbassdan Kursk viloyatiga qo‘shinlarni o‘tkazmaslikka qaror qildi
Agentlik Kremldagi manbaga tayanib, Rossiya qo‘mondonligi Ukrainaning Kursk viloyatidagi hujumini to‘xtatishga yordam berish uchun Donbassdagi front chizig‘idan muhim kuchlarni o‘tkazmaslikka qaror qildi.
Rossiya kuchlarining bir qismi Ukrainadan Kursk viloyatiga koʻchirilgan boʻlsa kerak, ammo bular front chizigʻidagi qoʻshinlar boʻlishi dargumon, deb yozadi agentlik Urushni oʻrganish institutiga tayanib.
“Kreml Ukraina qoʻshinlarini mintaqadan siqib chiqarishga shoshilmayotgan boʻlishi mumkin va buning oʻrniga Ukraina sharqidagi hujum amaliyotlariga ustuvor ahamiyat berishda davom etishi mumkin”, — deyiladi institut xabarida.
Mustaqil harbiy tahlilchi Yan Matveevga ko‘ra, Kursk viloyatida Ukraina tomonidan bosib olingan hududlarni qaytarish uchun 40-50 ming askar kerak bo‘ladi. Kremldagi manba agentlikka harbiy xizmatga chaqiriluvchilar bu operatsiyaga jalb etilishi mumkinligini aytdi.
Rossiya hukumati harbiy xizmatchilarni Ukrainadagi janglarga jo‘natmaslikka va’da bergan bo‘lsa-da, Kurskda joylashtirish bu va’dani buzmaydi, deya ta’kidlaydi Bloomberg.
Sharhlar