BMT: Bir milliarddan ortiq odam o’ta qashshoqlikda yashaydi, ularning deyarli yarmi bolalar
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 1,1 milliard odam o‘ta qashshoqlikdan aziyat chekadi va ularning salmoqli qismi mojaro va beqarorlik hukm surayotgan mamlakatlarda yashaydi.
Bu maʼlumotlar 10 yil davomida 112 ta davlatdan olingan maʼlumotlar va boshqa 20 ta davlatda oʻtkazilgan soʻrovlar asosida tuzilgan. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, 1,1 milliard odam koʻp qirrali qashshoqlikni boshdan kechirmoqda, bu nafaqat pul etishmasligi, balki suv, elektr energiyasi, taʼlim va sogʻliqni saqlash kabi asosiy xizmatlardan foydalana olmaslik bilan ham bogʻliq.
Tadqiqot shuni ko’rsatdiki, qashshoqlikning eng yuqori darajasi mojarolar bo’lgan mamlakatlarda kuzatilmoqda ya’ni aholining taxminan 34,8 foizi, mojarolar bo’lmagan mamlakatlarda esa bu ko’rsatkich 10,9 foizni tashkil qiladi.
Shuningdek, kambag’al aholining yarmidan ko’pi 18 yoshgacha bo’lgan bolalar (27,9%), kambag’al kattalar esa 13,5% ekanligi ma’lum bo’ldi.
Dunyo miqyosida 828 million kishi sanitariya-gigiyena vositalaridan mahrum, 886 million kishi esa tegishli uy-joysiz yashaydi. Janubiy Osiyoda kamida bir kishi to’yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekadigan uy xo’jaliklarida 272 million kishi yashaydi;
Tadqiqot shuni ko’rsatadiki, qashshoqlikning haqiqiy darajasi yuqori bo’lishi mumkin, chunki ziddiyatli hududlardan ma’lumotlarni yig’ish qiyin. Ushbu ma’lumotlar qashshoqlik va mojaro o’rtasidagi bog’liqlikni tasdiqlaydi.
Sharhlar