BMT Bosh Assambleyasi Markaziy Osiyoni tinchlik, ishonch va hamkorlik hududi sifatida tan oldi
24-oktyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi Turkmaniston tomonidan taklif etilgan va 37 ta davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “Markaziy Osiyo tinchlik, ishonch va hamkorlik hududi” rezolyutsiyasini qabul qildi.
Yig‘ilish chog‘ida Markaziy Osiyoda tinchlik hududini yaratish oliy darajadagi o‘zaro hamkorlik mexanizmi – mintaqa davlatlari rahbarlarining muntazam ravishda o‘tkazilayotgan Maslahat uchrashuvlarini ishlab chiqish, hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani, 2006-yildagi Yadro qurolidan xoli hudud to‘g‘risidagi shartnomani imzolash, shuningdek, 2007-yil dekabr oyida BMTning preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazini tashkil etish tufayli amalga oshirilgani ta’kidlandi. Ushbu tashabbuslar hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha mintaqaviy muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.
Qarorda, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining yadroviy qurollarni tarqatmaslik va qurolsizlanish bo‘yicha global sa’y-harakatlarini kuchaytirish, shuningdek, preventiv diplomatiya va tinchlikparvarlik vositalarini ilgari surishdagi muhim roli alohida ta’kidlanadi.
Sharhlar